Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rul tortib ketyapti, benzinni ochofatga o‘xshab “yeyishini” esa gapirmayman ham! Mashinamga nima bo‘ldi?

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 882           Дата: 21-12-2015, 12:19          

Barcha muammo, katta ehtimol bilan, g‘ildiraklarda.

razval1

1. Razval-sxojdeniye nima?

“Razval-sxojdeniye” — g‘ildiraklar kesishuvi darajasi, degani. Tushunarliroq qilib aytganda, razval-sxojdeniye — noto‘g‘ri burchak ostida qolgan avtomobil g‘ildiraklarini to‘g‘ri burchak bo‘yicha joylashtirish va shu yo‘l bilan avtomobilning “umrini uzaytirib”, uning xavfsiz harakatini ta’minlash xizmatidir.

2. G‘ildirak o‘zidan o‘zi noto‘g‘ri burchak ostida qoladimi?

Yo‘q, albatta. Tekis yo‘llarda ham ba’zan chuqurlar bo‘ladi. Ana shunday shunday chuqurlarga ikki-uch marta avtomobilingiz bilan birga tushib chiqqangizdan so‘ng, g‘ildirak zavoddan qanday burchak ostida chiqqanini unutib yuboradi. Aytishlaricha, ba’zi avtozavodlar, mashinani chuqurlarga tushirmasangiz ham, har 10—15 ming kilometr masofa bosib o‘tilganidan so‘ng, razval-sxojdeniye qildirishni tavsiya etadi — avtomobil, xususan, uning rul-boshqarish mexanizmi vaqt o‘tishi bilan eskiradi, ishdan chiqadi. Ana shunda ham razval-sxojdeniye qildirish kerak.

3. Har chuqurga tushganimda yoki rul mexanizmi eskirdi, deb o‘ylaganimda razval-sxojdeniye qildirishim kerak, xolosmi?

Yo‘q, boshqa sabablar bilan ham razval-sxojdeniye qildirsa bo‘ladi, avtomobilingiz ketma-ket chuqurlarga tushib-chiqqani yo yo‘lsiz joylarda tez-tez yurib turishingiz — o‘sha sabablardan biri, xolos. G‘ildirak balonlari ichki yoki tashqi tomondan yedirilganini sezib qolsangiz — razvalga; agar rul juda og‘ir yoki yengil burilsa, burilishlardan so‘ng dastlabki holatiga qaytishi qiyin bo‘lsa — razvalga; avtomobil belgilanganidan yoki siz o‘ylaganingizdan ko‘proq yonilg‘i sarflayotgan bo‘lsa — razvalga; agar balonlarni, avtomobilning harakatlantiruvchi ehtiyot qismlarini almashtirgan bo‘lsangiz — razvalga; rulni qo‘yib yuborgangizda yoki qo‘yib yubormagangizda ham avtomobil u yoki bu tomonga “tortib ketayotgan” bo‘lsa — to‘ppa-to‘g‘ri razvalga!

4. Razval-sxojdeniye qilinmasa, mashinaga qanday ziyon yetadi?

Foydasini o‘qib, ziyonini taxminan bilib olasiz, aniq. Razval-sxojdeniyedan so‘ng nafaqat siz, balki avtomobilingiz ham mazza qiladi: buyruqlaringizni bajarishi osonlashadi, ayniqsa, qishda, sirpanchiq yo‘llarda harakatlanayotganda itoatkor bo‘ladi; yon tomonlarga tortib ketmaydi; g‘ildiraklar to‘g‘ri burchak ostida turganidan so‘ng, yonilg‘i sarfi kamayadi, balonlarning foydalanish muddati uzayadi, xullas, cho‘ntakka baraka; cho‘ntak butun, mashina soz bo‘lganidan keyin esa o‘zingiz ham o‘zgacha bir xotirjamlikda, rohatlanib avtomobil haydaysiz.

5. Qayerda razval-sxojdeniye qildirsa bo‘ladi?

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 379-uyda joylashgan, shundoqqina “Sarbon” to‘yxonasi qarshisidagi yangi texnik xizmat ko‘rsatish markazida. Telefon qilib ((+998-95)-195-16-61) borsangiz — ayni muddao.

razval2

6. Shuncha uzoqda razval-sxojdeniye qildirishim shartmi?

Hech kim sizni majburlamaydi, albatta, lekin bir safar borsangiz, u yerdagi xizmatdan ko‘nglingiz to‘lishi va doimiy mijozga aylanishingiz aniq. Birinchidan, avtomashingizga Hunter Engineering Company’ning juda tez va o‘ta aniq razval-sxojdeniye qilish imkonini beruvchi 3D Hawkeye Elite uskunasi yordamida, yuqori malakali ustalar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Ikkinchidan, razval-sxojdeniye qilinayotgan vaqtda, jarayonni kompyuter monitori orqali kuzatib, tovush yordamida eshitib, shaxsan ishonch hosil qilishingiz mumkin. Uchinchidan, agar razval uchun navbatda qolib ketsangiz (xizmat yaxshi bo‘lganidan so‘ng, mijozlar ko‘p bo‘ladi-da!), telemonitorda avtomobillar haqidagi qiziqarli videoroliklarni tomosha qilib, navbatingiz kelganini sezmay ham qolasiz.

razval3

Reklama huquqi asosida


Manba: daryo.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн