Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26 yoshli xaker haydovchisiz boshqariladigan avtomobil yaratdi (video)

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 414           Дата: 18-12-2015, 11:04          

Jorj Xots 2007-yili, 17 yoshida Apple’ning faqat AT&T bilan shartnoma asosida sotilgan birinchi smartfonini istalgan boshqa tarmoqda ham ishlashga majbur etganidan so‘ng tanilgandi. 2010-yili u PlayStation 3 qurilmasiga buzib kirish yo‘lini topdi, xakerlik joniga tekkanida esa suniy intellekt bilan qiziqib qoldi, deya hikoya qiladi Meduza.

Foto: Redmond Pie

Bu sohadagi eng zamonaviy tadqiqotlarni ortiqcha qiyinchiliksiz o‘zlashtirgan Xots haydovchisiz avtomobil yaratishga qaror qildi. Buning uchun shaxsiy avtomobili — Acura ILX tajriba modeli bo‘lib xizmat qildi. Oktabrda Xots navbatdagi ish joyidan bo‘shab, Honda avtosaloniga ishga kirdi. Shu tariqa “Akura”ning barcha hujjatlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Mashinani turli sensor va elektronika bilan to‘ldirib tashladi: bardachokka kompyuterni joyladi, uzatish qutisi o‘rniga joystik, markaziy panelga esa 21,5 dyuymli ekran o‘rnatdi. Bularning barchasi uchun 50 ming dollar sarfladi, bundan 30 ming avtomobil xarid qilishga ketdi.

Oradan bir oy o‘tgandan so‘ng Xots takomillashtirilgan avtomobilni Bloomberg jurnalistlariga namoyish etdi. Bu paytga kelib Jorj bir necha kameralar, GPS qabul qilgichlar, radar va skotch yordamida mashinaning markaziy tarmoqlariga ulanishga muvaffaq bo‘ldi va uni yo‘llarda haydovchisiz yurishga o‘rgatdi. Tabiiyki, gap xayveylar haqida ketmoqda, shaharning tiqilinch yo‘llarida yurishga Xotsning texnologiyasi moslashtirilmagan.

Kelajakda u mazkur texnologiyasini qimmat bo‘lmagan videokameralar va avtomobilni boshqaradigan dasturiy ta’minotdan iborat paket ko‘rinishida sotishni rejalashtirgan. Paket narxini 1000 dollar baholagan Jorj mahsulotini avtomobil ishlab chiqaruvchilarga ham, foydalanuvchilarga ham sotishni ko‘zlamoqda.


Manba: daryo.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн