Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Avtokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Toshkent shahri jamoasi g‘olib bo‘ldi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 926           Дата: 15-12-2015, 14:35          

2015-yilning 12—13-dekabr kunlari Jizzax shahridagi “Navro‘zbuloq” poygagohida avtokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati final musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma uch yilligi hamda “Keksalarni e’zozlash yili”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston milliy avtomobil federatsiyasi, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, Jizzax viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etildi. Musobaqada Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va mezbon Jizzax viloyati avtosport ustalari o‘zaro kuch sinashdi.

“A-7” rusumli avtomobillar poygasida birinchi va ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra, toshkentlik Farhod Daminov birinchi, jizzaxlik Temur Narziqulov ikkinchi, qashqadaryolik Isroil Achilov uchinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati

“A-8” rusumli avtomobillar bahsida esa jizzaxlik Umid Soatov birinchi, toshkentlik Shohruh Shokirov ikkinchi va samarqandlik Jamol Zokirov uchinchi o‘rinlarni band etdi.

“Baggi” rusumidagi avtomobil haydovchilari o‘rtasidagi bahsda jizzaxlik sportchilar Asqar Hasanov, G‘ayrat Odilov va Omon Yo‘ldoshevlar mos ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab, tengsiz ekanliklarini namoyish qildi.

Foto: Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati

Nexia rusumidagi avtomobillar musobaqasida esa Toshkent shahri vakili Igor Gaziyans 34 ochko jamg‘arib birinchi, Bekzod Odilov 26 ochko bilan ikkinchi va yana bir toshkentlik sportchi Anton Tumanov 19 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etdi.

Ikkinchi bosqichda jizzaxlik sportchilar 371 ochko bilan birinchi, 359 ochko to‘plagan toshkentliklar ikkinchi va 193 ochko jamg‘argan Namangan viloyati vakillari esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati

Umumjamoa hisobida yil yakuni bilan Toshkent shahri jamoasi birinchi (793 ochko), Jizzax viloyati sportchilari ikkinchi (780 ochko) va qashqadaryoliklar uchinchi (320 ochko) o‘rinni egalladi. Namangan (283 ochko), Buxoro (275 ochko) va Samarqand (244 ochko) sportchilari esa keyingi o‘rinlarni band etdi. Surxondaryo viloyati vakillari esa bu yilgi bahslarda bironta ham ochko ishlay olmadi.

Bahslar yakunida O‘zbekiston chempionati ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Foto: Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Chempionatning dastlabki bosqichi 2015-yilning mart oyida tashkil etilgan edi.


Manba: daryo.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн