Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Lionel Messining Maserati GranTurismo’si sotuvga qo‘yildi (foto)

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 36           Дата: 12-01-2017, 09:25          
Lionel Messining Maserati GranTurismo’si sotuvga qo‘yildi (foto)

Germaniyaning «Mobile.de» saytida bir vaqtlar «Barselona» futbol klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga tegishli bo‘lgan, 2012 yilgi namunadagi Maserati GranTurismo MC Stradale sportkari sotuvga qo‘yilgani haqida e’lon paydo bo‘ldi. «Motor» xabariga ko‘ra, avtomobil 119,9 ming evroga sotilmoqda, deb yozadi Daryo.uz.

Lionel Messining Maserati GranTurismo’si sotuvga qo‘yildi (foto)

«Quto.ru»ning aniqlik kiritishicha, avtomobil 46 ming kilometr yo‘l bosgan. Mashinani Germaniyaning Eshborn shahrida joylashgan Tano Neumann Auto Performance avtosalonidan olib ketish mumkin. Sotuvchi mazkur Maserati’dan aynan Messi foydalanganini tasdiqlovchi barcha hujjatlarni taqdim etishga tayyor.

Lionel Messining Maserati GranTurismo’si sotuvga qo‘yildi (foto)

Avtomobilning original rangi oq bo‘lib, hozir qizil kontrast elementlar bilan bezatilgan jilosiz qora plyonka bilan qoplangan. Sportkarda unga Messi tomonidan o‘rnatilgan Ispaniya davlat raqam belgilari ham saqlanib qolgan.

Lionel Messining Maserati GranTurismo’si sotuvga qo‘yildi (foto)

Kupe 450 ot kuchiga, hajmi 4,7 litrga teng bo‘lgan sakkiz tsilindrli dvigatel va robotlashtirilgan olti bosqichli MC Race Shift tezlik uzatish qutisi bilan ta’minlangan. Sportkar 4,5 soniyada soatiga 100 kilometrlik tezlikka erishadi va soatiga 303 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Modifikatsiya qilingan MC Stradale bazaviy modeldan motorining nisbatan kuchli ekani va vaznining 110 kilogrammga engilligi bilan farqlanadi.

Lionel Messining Maserati GranTurismo’si sotuvga qo‘yildi (foto)

Manba: Carzone.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий