Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jurnalistlar Detroyt ko‘rgazmasining eng ko‘rimsiz eksponatini aniqladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 76           Дата: 12-01-2017, 09:39          
Jurnalistlar Detroyt ko‘rgazmasining eng ko‘rimsiz eksponatini aniqladi

Amerikaning VLF Automotive kompaniyasi Detroytga olib kelgan avtorusum tanqidlar yomg‘iri ostida qoldi.

VLF Automotive nomli kichik firmani General Motorsning sobiq prezidenti Bob Lutz 2012 yilda tashkil qilgan. VLF bahosi 229 ming dollar turadigan Destino sportsedani bilan shuhrat qozongan. Ularga birgina sedanning shuhrati kamlik qildi va yo‘ltanlamas tayyorlashga kirishdi.

Biroq yangi tug‘ilgan “irkit o‘rdakcha” ko‘zni quvontirmadi. VLF yo‘ltanlamasini jurnalistlar bir ovozdan “Detroyt avtosalonining eng xunuk avtomobili” deb topdi.

Buning uchun jiddiy asoslar bor. Mashina xuddi garajda qo‘lda yig‘ilganga o‘xshaydi. Yig‘ilganlar uni “chala xammer” deb atadi.

VLF X-Series yo‘ltanlamasi asosida Chevrolet Colorado agregat bazasi yotibdi. Aslida VLF Automotive yangi kuzov qo‘ygan, osma va salonga ishlov bergan xolos. 3,6 litrli, 6 tsilindrli, benzinli motor quvvati 305 ot kuchiga teng.

Qizig‘i shundaki, bu yo‘ltanlamas AQSh hududida sotilmaydi, Evropa va Osiyoga eksport qilish uchun mo‘ljallangan. Bir yilda 200-300 avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Narxi 70 ming dollardan boshlanadi.

Jurnalistlar Detroyt ko‘rgazmasining eng ko‘rimsiz eksponatini aniqladi

Manba: Carzone.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий