Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘tmishga qaytib: aeroportning ulkan sedani

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 140           Дата: 10-01-2017, 22:35          
O‘tmishga qaytib: aeroportning ulkan sedani

Supersedan to‘g‘risida gap ketsa, prezidentlarning zirhlangan limuzinlari yoki Rolls-Royce Phantom eslanadi. Ammo ulardan oldin shunday pahlavon sedan bo‘lganki, uning oldida “Fantom”lar bog‘cha boladek bo‘lib qoladi. To‘g‘ri, u aerodrom sedani, ammo nima bo‘lganda ham sedanmisan, sedan. Aniqrog‘i, megasedan. Bugungi hikoyamiz sedanlarning “dodasi” haqida.

O‘tmishga qaytib: aeroportning ulkan sedani

Ushbu rasmda ulkan sedan dunyodagi birinchi tovushdan tez uchuvchi Tu-144 laynerini sudramoqda. Avtomobil zo‘r berib tortayotgani seziladi, chunki samolyot vazni 91 tonnaga teng.

“Aeroflot” buyutmasi asosida

Gap MAZ-541 nomli aerodrom mashinasi haqida ketyapti. Uni Minsk avtomobilsozlari 1956 yilda yasay boshlagan. Bu avtomobil Tu-104, Tu-114 va Il-18 kabi yo‘lovchi laynerlarining yangi avlodi bilan birga ishlashi uchun tayyorlangan. MAZ-541 faqatgina bo‘yi emas, vazni bilan ham turdoshlaridan ancha ustun edi. Shatakchi avtomobil bo‘sh holda vazni 85 tonnani tashkil qilgan Tu-114 samolyotini tortishi lozim. Bundan avval samolyot sudrash uchun armiyaning raketa tashuvchi mashinalari jalb etilgan. Ammo ular gabariti, xususan bo‘yi balandligi uchun samolyotga tegib ketishi mumkin edi. Qolaversa, aerodromda harbiy mashina o‘ralashib yursa ko‘rganlar nima deydi?

O‘tmishga qaytib: aeroportning ulkan sedani

Uzunligi 7797 metr, kengligi 3400 metrli MAZ-541 avtomobillar tarixiga eng og‘ir va katta shatakchi sedan sifatida kirgan.

Minsk avtozavodi konstruktorlari “Aeroflot”ning barcha istagini inobatga olib, mashinani keng va pakana qilib yasadi. Pakana avtomobilning samolyot bilan to‘qnashib ketish xavfi yo‘q. U to‘la uzatmali, old ko‘prigini uzib qo‘ysa bo‘ladi. O‘rindiqlari va ruli ikkitadan. Laynerni shatakka olishni osonlashtirish uchun qolgan boshqaruv elementlari ham ikkitadan qilib ishlangan.

Tank dvigateli bilan

MAZ-541 jussasi ulkanligi bilangina emas, 28 tonnali vazni bilan ham tengsiz edi. Odatiy yuk mashinalarining motori unga to‘g‘ri kelmasligi tayin. Shu sababli avtomobilga mashhur T-34 tankining 12 tsilindrli V-2 dizel dvigateli o‘rnatildi. 38,8 litr hajmli dvigatel quvvati 500 ot kuchiga teng. Uch tezlikli uzatmalar qutisi o‘rnatilgan. MAZ-541 30 km/soatgacha tezlikda harakatlana olar, yonilg‘i sarfi esa yuz kmga 120 litrni tashkil etardi.

O‘tmishga qaytib: aeroportning ulkan sedani

Ikki xil rangli kuzovi, g‘ildiraklarining diametri traktorniki kabi har xilligi, radiatorining xromlangan panjarasi va to‘rt farasi MAZga o‘ziga xos ko‘rinish berardi.

Shatakchi sedanning orqa g‘ildiragi MAZ-525 karer samosvaliniki bo‘lsa, old g‘ildiragi YaAZ-214 yuk mashinasiga tegishli. Bunga sabab asosiy yuk orqaga tushishidir. Qolaversa, yirik orqa g‘ildiraklar mashinani erga yaxshiroq ilashtiradi.

Elliginchi yillarning oxiri, oltmishinchi yillarning boshlarida Sovet Ittifoqi o‘zining buyuk mamlakatligini namoyish etishga harakat qilayotgandi. “Sheremetevo” aeroportiga kelib tushgan xorijliklar, nafaqat, sovet laynerlarini, balki sovetlarga xos aerodrom texnikasini uchratardi. MAZ-541 o‘z zamonasning ilg‘or optikasiga ega, radiatorining xromlangan panjarasi uni yanada ko‘rkam ko‘rsatardi. Albatta, bugungi kun nazaridan qarasa, MAZ-541 bedavo temirtakka o‘xshaydi, biroq o‘z davrining eng ajoyib aerodrom shatakchisi bo‘lgan.

O‘tmishga qaytib: aeroportning ulkan sedani

Bo‘yi pastligi uchun MAZ-541 barcha turdagi samolyotlar ostida ishlay olgan.

MAZ sedani aeroportda o‘n yildan ortiq ishladi. Tu-154 va Il-62 vujudga kelgach, yanada kuchliroq shatakchiga ehtiyoj tug‘ildi. 1970 yilda o‘z sinfidagi yagona shatakchi sedan iste’foga jo‘natilgan. “Aeroflot” esa shatakchi yasashga buyurtma berishni bas qilgan. Hammasi bo‘lib uchta MAZ-541 tayyorlangan bo‘lib, ularning keyingi taqdiri noma’lum, utilizatsiyaga topshirilgan bo‘lishi mumkin.

auto.mail.ru asosida tayyorlandi

Manba: Carzone.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий