Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Audi va NVIDIA eng yaxshi avtonom avtomobil yasashda hamkorlik qiladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 69           Дата: 10-01-2017, 22:47          
Audi va NVIDIA eng yaxshi avtonom avtomobil yasashda hamkorlik qiladi

CES 2017 ko‘rgazmasi yakunida Audi mutaxassislari elektron qismlar bilan ishlovchi NVIDIA kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatganini e’lon qildi. Ittifoqning bosh maqsadi “g‘oyat rivojlangan sun’iy idrokli o‘zi boshqariladigan eng yaxshi avtomobil” yaratishdir. Ular kechagina topishdi, deb o‘ylamang, anchadan beri birga ishlab kelishadi. Hattoki birga tayyorlagan prototipini namoyish etib ulgurgan.

CES 2017 ko‘rgazmasi doirasida avtomobil uchun maqbul tezlikni va harakatlanish traektoriyasini tanlay oladigan sun’iy idrok texnologiyasi yaratish sari qadam qo‘yildi. Audi va NVIDIA injenerlari ishlagan sun’iy idrok yo‘lda uchragan turli xatarli vaziyatlar va fors-majorlarda avtomobilni boshqaradi. Avtomobilning apparat qismida ko‘p darajali neyron tarmoqli Nvidia Drive PX yangi kompyuteri o‘rnatilgan.

Neyron tarmog‘i asosidagi sun’iy idrokli avtomobilni malakali haydovchilar avval maxsus jihozlangan poligon va sinov maydonchasida, so‘ngra shaharning serqatnov yo‘llarida sinab ko‘radi. Sun’iy idrokni birinchi bo‘lib ta’mirlash ishlari ketayotgan yo‘l uchastkasi hamda shlagbaumlar va poezd yo‘llarini kesib o‘tishga, to‘siqlarni aylanishga, kutilmagan ob-havo sharoiti va yo‘lovchi talabiga ko‘ra manzil o‘zgargan holatlarga o‘rgatiladi.

Hamkorlik mevasi bo‘lgan yangi avtomobil 2020 yilda sotuvga chiqariladi. Hozircha, Audi va NVIDIAning videosini tomosha qiling.

Manba: Carzone.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий