Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rulga tegish ham shart emas: BMW’ning 5-Series sedaniga to‘laqonli avtopilot tizimi o‘rnatildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 111           Дата: 9-01-2017, 23:50          
Rulga tegish ham shart emas: BMW’ning 5-Series sedaniga to‘laqonli avtopilot tizimi o‘rnatildi

BMW kompaniyasi yangi avlod 5-Series sedanini to‘laqonli avtonom boshqaruv tizimi bilan ta’minladi. «Motor»ning yozishicha, firmaning avtopilot ishlanmalari yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlari namunasi sifatida tayyorlangan prototip Las-Vagesda tashkil etilgan CES maishiy elektronika ko‘rgazmasida namoyish etilgan, deb yozadi Daryo.uz.

Yangi avtopilot – BMW’ning hozirda seriyalab ishlab chiqarilayotgan modellarida uchraydigan haydovchining elektron yordamchilarining yaxshilangan versiyalaridir. Ayni vaqtda, prototip avtomobilni o‘rab turgan makonning raqamli xaritasini tuzishga imkon beruvchi maxsus uskuna bilan ta’minlangan.

Rulga tegish ham shart emas: BMW’ning 5-Series sedaniga to‘laqonli avtopilot tizimi o‘rnatildi

Bundan tashqari, yangi «beshinchi»ning negizidagi prototip Robot Valet Parking funktsiyasiga ham ega bo‘lgan. Bu to‘liq avtonom ravishda avtoturargohga joylashish tizimidir – haydovchi mashinani tark etib, uni avtoturargohga yo‘llashi mumkin (katta ehtimol bilan, bu smartfondagi maxsus mobil dastur yoki BMW’ning «aqlli» kaliti yoramida amalga oshiriladi). Haydovchining buyrug‘i bo‘yicha, avtomobil ortga ham qaytib kela oladi.

Rulga tegish ham shart emas: BMW’ning 5-Series sedaniga to‘laqonli avtopilot tizimi o‘rnatildi

BMW avtopilot ustidagi ishlanmalarni 2000 yillarning oxirida boshlagan. Avvalroq firma eski avlod 5-Series’ning negizida tizimning dastlabki versiyasini sinovdan o‘tkazgan edi. Sinovlar doirasida sedan Myunxendan Nyurnberggacha bo‘lgan 170 kilometr masofani to‘liq avtopilot tartibida bosib o‘tgan.

2014 yili kompaniya to‘rt eshikli 6-Series Gran Coupe va 2-Series kupesi negizida ham prototiplar tayyorlagan bo‘lib, ular mustaqil ravishda, avtopilot tartibida trek bo‘ylab poyga tezligida harakatlangan va haydovchining hech bir ishtirokisiz drift qilgan.

BMW to‘liq avtopilotli modellarni 2020 yildan boshlab seriyali tarzda ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Manba: Carzone.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий