Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Charm qoplangan o‘rindiq yaxshimi yoki matoligi?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 59           Дата: 8-01-2017, 23:38          
Charm qoplangan o‘rindiq yaxshimi yoki matoligi?

Qaysi biri yaxshi? Bu mashinadan qanday maqsadda foydalanishingizga bog‘liq. O‘rindiqda kichik bolalar yoki uy hayvonlarini olib yurasizmi? Garajingiz isitiladimi, yo‘qmi?

Charm qoplangan o‘rindiq yaxshimi yoki matoligi?

Charm sirilgan o‘rindiqlarning asosiy xususiyati ko‘rinishidir. Charm salonni savlatli ko‘rsatadi, ammo qimmatroq. Charmning yana bir xususiyati tozalash osonligidir. Rulda tamaddi qilib ketadigan odatingiz bormi? Unda o‘rindig‘ingizga charm qoplattiring. Ushoqlarni terib ovora bo‘lmaysiz. Sous yoki kofe tomsa, salfetka yo nam latta bilan artib tashlash kifoya.

Mato qoplangan o‘rindiqda bunaqasi ketmaydi. Ayniqsa, toza matoni ko‘z ochib yumguncha kir qiladigan yosh bolalarimizning qiliqlarini aytib o‘tmasak bo‘lmas. Matoda qolgan dog‘ni ketkazish uchun kimyoviy tozalashga murojaat qilasiz. Darvoqe, salonda kuchuk va mushukchalarni olib yurish odatingiz bo‘lsa, yaxshisi, matoning o‘rniga charm qoplating. Hayvonning yungini matodan bittalab terasiz, charmni tozalash esa arzimagan ish.

Qish mavsumi to‘g‘risida alohida to‘xtalish lozim. Qishda matoli o‘rindiqqa etmaydi. Sovuq faslda mato qoplangan o‘rindiqni isitishga hojat yo‘q, o‘zi iliq bo‘ladi. Ammo charm o‘rindiqni kech kuzdanoq isita boshlaysiz. Aks holda kerakli joylaringizni sovuqqa oldirasiz. Charm o‘rindiqni asta-sekinlik bilan o‘z me’yoriga qadar isitish kerakligini ta’kidlab o‘tamiz. Qimmat mashina charm o‘rindig‘ini isitib yo‘lga tushguncha, mato o‘rindiqli kamtar mashina manzilga etadi. Bu carzone.uzning hikmatlaridan biri, deb qabul qiling.

O‘rindiq qoplamasining o‘z “umri” bor. Bu borada ham charm matoga yutqazadi. Mato yirtilsa yoki so‘kilsa zamonaviy avtokosmetika maromiga etkazib ta’mirlab beradi. Ammo sitilib yoki yirtilib ketgan charm qoplamani asl holiga keltirishning iloji yo‘q. Bunaqa holatda mashina egasi salonga boshdan oyoq charm qoplattirish uchun yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Carzone.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий