Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 73           Дата: 8-01-2017, 05:10          
Aksariyat kishilar hayotning muayyan qismini bir manzildan ikkinchisiga yetib olishga sarflashadi. Ertalab turib, ishga ketayotganimizda ko‘pincha yo‘llarning tirbandligiga duch kelamiz, kechqurun uyga qaytayotganimizda yana shu ahvol... Bu vaziyat katta shaharlarda yashovchi har bir kishiga tanish va afsuski, hozircha bu borada yaxshi tomonga o‘zgarishlar yo‘q. Don't Panic nashri aholisi doimiy tirbandlikdan aziyat chekuvchi 10 megapolis ro‘yxatini taqdim etdi, deb yozadi Kun.uz sayti.

10-o‘rin. Buenos-Ayres, Argentina
Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

Buenos-Ayres shopping uchun eng yaxshi joy bo‘lishi mumkin, axir uning ko‘chalari zamonaviy butiklarga to‘la. Biroq, yo‘llarda muammolarga duch keluvchi shaharlar orasida ham uning nomi qayd etilgan. Bu yerda munatazam ravishda yo‘l-transport hodisalari (YTH) sodir bo‘ladi, chunki mahalliy haydovchilar bunday tirbandlikda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishmaydi.

9-o‘rin. Gvadalaxara, Meksika
Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

Gvadalaxaraning ajoyib va rang-barang madaniyati mamlakat faxri hisoblanadi. Mahalliy aholi jamoat transportidan ko‘ra o‘z transport vositalarini afzal ko‘radi. Bu esa shundoq ham mukammallikdan yiroq bo‘lgan shahar tizimiga og‘irlik qiladi. Bundan tashqari, shaharda uglerod oksidi muammosi mavjud: atrofdagi o‘rmonlar uni qayta ishlay olmaydi.

8-o‘rin. Bangkok, Tailand
Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

Bangkok ko‘chalari bo‘ylab harakatlanish — o‘lim bilan o‘ynashishdek gap. Tezkor skuterlarning ko‘pligi hattoki eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadi, endigina mashina haydashni o‘rganganlarni esa gapirmasa ham bo‘ladi. Tropik iqlim bu vaziyatni yanada qiyinlashtiradi: jaziramadan asfalt ham erib ketadi.

7-o‘rin. Rim, Italiya
Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

Muqaddas shahar yilning barcha mavsumlarida sayyohlarga to‘la bo‘ladi. Bu yerga Papani ko‘rish uchun tashrif buyuruvchi ziyoratchilar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. 2015 yilgi hisobotga ko‘ra, Rim YTH bo‘yicha dunyoning eng xavfli shaharlaridan biri hisoblanadi. Muammolarning asosiy manbai - bu yerda juda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi mototsiklchilar.

6-o‘rin. Moskva, Rossiya
Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

Moskva ushbu ro‘yxatda munosib oltinchi o‘rinni egallagan. Bu shahar ko‘chalari shu qadar tirbandki, odamlar ishga borish uchun bir soatdan ortiq vaqt ketkazishadi. Qish mavsumida vaziyat bundan-da murakkablashadi: qorga burkangan trassalar — tezkor poygalar uchun to‘g‘ri kelmaydi.

5-o‘rin. Sankt-Peterburg, Rossiya
Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

Rossiyaning eng ko‘rkam shahrida ham yo‘lga bog‘liq muammolar talaygina. Sankt-Petergburg yo‘llaridagi tirbandlikni Moskvadagi vaziyatga tenglashtirish mumkin. Qish faslida bu shaharda ham harakatlanish qiyinlashadi.

4 - o‘rin. Surabaya, Indoneziya
Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

Yo‘l transporti modernizatsiyalashgan tizimga ega emasligi mazkur shahar trassalarini asabi joyida bo‘lmaganlar uchun haqiqiy sinovga aylantiradi. Bu yerda "toshbaqa" tezligida harakatlanish - oddiy hol. Yo‘lovchilar-ku yo‘llarda bemalol "sayohat" qilishadi. Ular mashinalar orasidan o‘tib, shusiz ham og‘ir vaziyatni yanada murakkablashtirishadi.

3-o‘rin. Mexiko, Meksika
Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

20 million aholi va 7 million avtomobil: tirbandlik Mexikoning ajralmas qismiga aylangan. Yil sayin o‘sib borayotgan mashinalar soni tez orada shaharni umuman harakatsizlikka olib kelmasa bo‘lgani. Hatto kattaligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallagan metropoliten ham bu vaziyatni bartaraf qilishga ojiz.

2-o‘rin. Istanbul, Turkiya
Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

Yo‘llardagi muammolarning aksariyati mahalliy haydovchilarning qiziqqonligi tufayli yuzaga keladi. Xususiy avtotransportning ko‘pligini ham inkor qilib bo‘lmaydi, albatta. Tig‘iz soatlarda ishdan uyga qaytish qanchalik qiyinchilik tug‘idirishini so‘z bilan ta’riflash qiyin!

1-o‘rin. Jakarta, Indoneziya
Eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadigan yo‘llar reytingi

Mana ikki yildirki, Jakarta "dunyoning eng tirband shahri" maqomini olib kelmoqda. 30 million (!) aholi har kuni o‘z avtomobili bosimi ostida qoladi. Shaharning noqulay infratuzilmasi vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий