Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Amerikaning Sondors firmasi hammabop elektromobil yasamoqchi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 122           Дата: 13-10-2016, 21:50          
Amerikaning Sondors firmasi hammabop elektromobil yasamoqchi

Kaliforniyada joylashgan Sondors firmasi kelgusi yildan boshlab uncha qimmat bo‘lmagan uch g‘ildirakli elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtiryapti.

Firma asoschisi va egasi Storm Sondors bu borada tajribaga ega. Avvalroq u Ebike nomli arzongina elektrovelosiped ishlab chiqardi. Velosiped qismlari alohida e’tibor bilan tanlangani va qator innovatsiyalar qo‘llanganligi tufayli, narxi besh yuz dollarni tashkil etdi. Bunday past narx bilan raqobatchilardan ustun kelsa bo‘ladi. Endi Storm Sondors hamyonbop elektromobil yaratishga eng shimardi.

Uning fikricha arzon elektromobil tayyorlash uchun muayyan qulayliklardan voz kechish lozim bo‘ladi. Xususan, Sondorsning elektromobilida to‘rtinchi g‘ildirak va ortiqcha o‘rindiqlar yo‘q. Mashinaga ko‘pi bilan uch odam sig‘adi. Texnik ko‘rsatkichlari, hozircha, ma’lum emas, chunki elektromobilning o‘zi kompyuterda eskiz ko‘rinishida mavjud xolos.

Amerikaning Sondors firmasi hammabop elektromobil yasamoqchi

Uch o‘rindiqli va uch g‘ildirakli mashinaning kuzovi alyuminiydan. Turli sig‘imli uch xil litiy-ionli akkumulyatorlari bor. Asos modifikatsiyasi to‘la zaryadi bilan 80 km yuradi, o‘rta darajali versiyasi esa 160 km yo‘l bosishi mumkin. Oliy modifikatsiyasining yo‘l zaxirasi 322 kmga teng. Yo‘lovchilarni o‘tqazish formulasi 2+1.

Loyihani tugallash uchun Sondorsga 1 mln dollar kerak. Hozirda u korxona aktsiyalarining donasini 12 dollardan sotyapti. Hissadorga aylanish uchun kamida 10ta aktsiya xarid qilish kerak. Shu kungacha 330 ming dollar yig‘ildi. Kerakli mablag‘ to‘planishi bilanoq elektromobilning seriyalidan oldingi prototipini yasashga Sondors va’da beryapti. Reja ko‘zlanganidek davom etsa, kelgusi yildan mashina chiqarish boshlanadi.

Bo‘lajak uch g‘ildirakli elektromobilning asos modifikatsiyasi 10 ming dollar turadi. Yiliga 12 ming dona mashina ishlab chiqariladi. Korxona to‘la quvvat bilan ishlasa, mashina narxi tushishi ham ehtimoldan xoli emas.

Amerikaning Sondors firmasi hammabop elektromobil yasamoqchi

Manba: Carzone.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий