Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalarida qanday yangiliklar bor?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 231           Дата: 4-10-2016, 10:08          
Yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalarida qanday yangiliklar bor?

Yaqinda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi va matbuotda e’lon qilindi. Ushbu qonun bilan amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritishga Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri tasdiqlanishi asos bo‘ldi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari D.Aripov, Sh.Tuxtashev muallifligidagi “Bolg‘acha bilan jihozlanmagan transport vositasi egasi javobgarlikka tortiladi” nomli maqolasida so‘z yuriladi, deyiladi "Sharh.uz" sayti xabarida.

Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq yo‘l harakati qatnashchilarining majburiyatlari kengaytirilib unga ko‘ra, harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish taqiqlandi, mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yo‘lovchilar maxsus motoshlem kiyib, uni qadab olishlari shartligi belgilab qo‘yildi.

Sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda majburiy to‘xtagan transport vositasining haydovchisi ta’mirlash maqsadida yo‘lning qatnov qismiga chiqishdan oldin nur qaytargichli maxsus jilet kiyib olish (yengil va yuk avtomobili, avtobus va g‘ildirakli traktorlar haydovchilari) majburiyligi belgilandi.

Yo‘lning qatnov qismida, shuningdek piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele-, videomahsulotlarni ko‘rish, radio-, audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o‘qish hamda e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlandi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tergov va surishtiruv organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra bevosita piyodalarning aybi bilan 2014 yil davomida sodir etilgan 506 ta transport hodisalari natijasida 124 ta piyoda halok bo‘lgan, 431 odamga tan jarohati yetkazilgan. Xuddi shunday holat 2015 yilda ham kuzatilgan.

Yo‘l harakati hodisalarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu hodisalarning 54.5 foizi piyodalar bilan bog‘liq holda sodir etilmoqda. Ushbu hodisalarga asosan piyodalarning svetofor ishoralariga, yo‘l belgilariga, yo‘l chiziqlarining talablariga rioya etmasligi, yo‘lning piyodalar uchun ta’qiqlangan qatnov qismida bo‘lishi va boshqa xavfsizlik qoidalariga rioya etmasligi sabab bo‘lmoqda.

Hozirgi kunda aholi, ayniqsa yoshlar tomonidan aloqa vositalari, kompyuter, audio-video texnikalardan yo‘lning piyodalar kesib o‘tadigan hamda avtomobil qatnovi qismida foydalanishlari ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solgan holda yo‘l harakati hodisalarining yuzaga kelayotganligi ko‘p uchramoqda.

Shu bilan birga, passajir transporti ishtirokidagi yo‘l harakati hodisasining oldini olish choralari yuzasidan xorijiy tajribani o‘rganish kunning yorug‘ vaqtida yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida, mototsikl va mopedlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi shartligi yuzasidan talablar takomillashtirildi.

Qabul qilingan qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125, 128 va 138-moddalari yanada takomillashtirilib, (o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilib)

- moped haydovchilari motoshlemlardan foydalanish qoidalariga amal qilmagan;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda favqulotda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolg‘acha bilan jihozlanmagan transport vositasi (yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari hamda yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha bo‘lgan avtotransport vositalari), o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutisi, avariya holatida to‘xtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan transport vositasini boshqargan,

- piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotganda telefondan foydalanilganda, kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalaridan foydalanilgan,

- tashqi yoritish vositalari asboblaridan foydlanish qoidalarini buzgan,

- transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqargan hollarda yo‘l harakati qatnashchilariga tegishli ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanishi belgilandi

Qonun bir qator rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasi o‘rganilgan holda tayyorlangan va u yo‘l harakati ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirgan holda, yo‘l harakati hodisalarining sodir etilishini kamayishiga hamda ularning oldini olishga xizmat qiladi.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031