Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.12.2015

Wildlife Photographer of the Year 2015 tanlovi g‘oliblari (foto)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 248

Londondagi Milliy tabiatshunoslik muzeyi 51-marotaba tashkil etilgan xalqaro Wildlife Photographer of the Year fototanlovi g‘oliblari nomini e’lon qildi.

Pixel xabariga ko‘ra, 2015-yilgi tanlovda kanadalik havaskor fotosuratchi Don Gutoski “Ikki tulki haqida qissa” fotosurati bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ikki tulki haqida qissa

Foto: Pixel

Bosh sovrin sohibi
“Sut emizuvchilar” turkumi
Fotosurat muallifi: Don Gutoski, Kanada.

Malla tulkilar qutb tulkilariga qarshi faol ov qilmaydi, biroq yirtqichlarning yo‘llari kesishib qolsa, nizo chiqishi tayin. Yoritish sharoitlari xira edi, biroq vaziyatning ayanchli ekani oppoq qor fonida aniq ko‘rinib turibdi.

Loyxo‘rak

Foto: Pixel

Yovvoyi tabiatni suratga olish bo‘yicha 11—14 yoshli eng yaxshi fotosuratchi
Fotosurat muallifi: Ondrey Pelanek, Chexiya

Norvegiyaning Varanger yarimorolida yashovchi nar loyxo‘raklar oila qurish va avlod qoldirishga kim ko‘proq munosibligini aniqlash maqsadida jang qilmoqda.

Alvon ibislar parvozi

Foto: Pixel

Yovvoyi tabiatni suratga olish bo‘yicha 15—17 yoshli eng yaxshi fotosuratchi
Fotosurat muallifi: Jonatan Jagot, Fransiya

Jagot Braziliya shimoli-sharqidagi Lensoysh daryosi qirg‘og‘i yaqinida qayiqda o‘tirarkan, qum va tropik moviy osmon fonida uchib ketayotgan alvon ibislarni suratga olgandi.

Uchovlon

Foto: Pixel

“Qushlar” turkumi g‘olibi
Fotosurat muallifi: Amir Ben-Dov, Isroil

Ijtimoiylashgan bu qirg‘iylar to‘da bo‘lib Markaziy va Sharqiy Yevropadan janubiy va janubi-g‘arbiy Afrikaga ko‘chib yuradi.

Natyurmort

Foto: Pixel

“Amfibiyalar va sudralib yuruvchilar” turkumi g‘olibi
Fotosurat muallifi: Edvin Gisbers, Gollandiya

Suv sathida qotib qolgan bukri triton.

Og‘zi to‘la kit

Foto: Pixel

“Suvosti dunyosi” turkumi g‘olibi
Fotosurat muallifi: Maykl Au, Avstraliya

Brayd yo‘l-yo‘l kiti sardin baliqlarini to‘dasi bilan birga yutib yuboryapti.

Suv o‘tlaridan hosil bo‘lgan san’at asari

Foto: Pixel

“Yuqoridan ko‘rinish” turkumi g‘olibi
Fotosurat muallifi: Pere Soler, Ispaniya

Har yili bahorda Andalusiya sohillaridagi Baiya-de-Kadis tabiat bog‘ida yuqoridan xuddi shunday manzaraga guvoh bo‘lish mumkin.

Piyodaning soyasi

Foto: Pixel

“Shaharda” turkumi g‘olibi
Fotosurat muallifi: Richard Piters, Buyuk Britaniya

Shaharliklarning aksariyati ular bilan yonma-yon yashayotgan tulkini odatda mana shunday qiyofada ko‘radi.

San’atga uyg‘unlashib ketgan hayot

Foto: Pixel

“Taassurotlar” turkumi g‘olibi
Fotosurat muallifi: Xuan Tapia, Ispaniya

Tapia mo‘yqalamda chizilgan rasmda qaldirg‘och sig‘adigan darajada teshik qoldirib, uni eski bir boloxona derazaga joylashtirib qo‘ydi. Fotosuratchi qush teshik orqali “rasm ichiga kirib kelgan” vaziyatni tasvirga muhrladi.

Taslim bo‘lgan mushuklar

Foto: Pixel

“Yovvoyi tabiat fotojurnalisti — 2015” maxsus sovrini sohibi
Fotosurat muallifi: Britta Yashchinski, Germaniya / Buyuk Britaniya

Xitoyning Guylin shahridagi “Yetti yulduz” bog‘ida chiqish qilayotgan sherlar. Ularning tishlari va tirnoqlari sug‘urib olingan. Britta so‘nggi 20 yildan beri jahon bo‘ylab sayohat qiladi, biroq Xitoydagi kabi shafqatsizlikka hech qayerda duch kelmagandi.


Manba: daryo.uz


Категория: Новости     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн