Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.12.2015

O‘zbekistonda bir yil ichida 50 ga yaqin itolg‘i erkinlikka chiqarildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 951

Toshkent viloyatidagi Tugan Falcionry Club kamyob qushlar pitomnigi xodimlari bir yil davomida 48 dona itolg‘ini erkinlikka chiqardi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilgan lochinlar oilasiga mansub bu qushlar sonini ko‘paytirish maqsad qilingan.

Foto: “Tepid.ru”

“4-dekabr, juma kuni Qurama tizmalarida navbatdagi to‘rtta itolg‘i erkinlikka chiqarildi, ularning ikkitasi pitomnikda tuxumdan chiqqan, qolgan ikkitasi esa brakonyerlardan olib qo‘yilgan”, — deyiladi O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Erkinlikka chiqarish arafasida barcha qushlarga maxsus mikrochiplar o‘rnatiladi va bu uskuna yordamida lochinlarning yovvoyi tabiatda yashab ketishi kuzatib boriladi. Tugan Falconry Club rahbariyati Qizil kitobga kiritilgan boshqa bir qush — cho‘l lochinini ham ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Itolg‘i O‘zbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlarning Qizil kitobiga kiritilgan. Bundan tashqari, u Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish haqidagi konvensiyaning ikkinchi ro‘yxatiga kiritilgan.

Itolg‘ilar Toshkent viloyatida joylashgan Ugom-Chotqol milliy bog‘ining bir qator hududlariga in qo‘yadi. So‘nggi yillarda brakonyerlarning xatti-harakatlari sabab bu qushlarning soni keskin kamayib ketgandi.


Manba: daryo.uz


Категория: Новости     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Апрель 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930