Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.12.2015

ZiyoNET portali 10 yoshga to‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 829

2015-yilning 4-dekabr kuni Aloqa tarixi muzeyida ZiyoNET axborot-ta’lim portalining 10 yoshga to‘lishi munosabati bilan matbuot anjumani hamda loyihalar sarhisobi, erishilgan natijalar, o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlov va aksiyalarda faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Uzinfocom markazi qoshida 2005-yil 28-sentabrda faoliyatini boshlagan ZiyoNET tarmog‘i tomonidan 2006-yilda ishga tushirilgan ZiyoNET portali ta’lim, ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy hayot sohalarini o‘zida birlashtirgan yirik portal vazifasini o‘tamoqda.

Ta’lim portali doirasida Uznet’da eng yirik o‘quv qo‘llanma, san’at va ijod, turli yo‘nalishdagi ta’limiy materiallarning elektron bazasi tashkil etilgan. Undan 80 000 dan ziyod turli xil o‘quv va metodik qo‘llanmalar, avtoreferatlar, ma’ruza matnlari va boshqalar o‘rin olgan. Yana bir muhim jihati, unda bolalarning bilim darajasini rivojlantiruvchi elektron o‘yinlar taqdim etilgan.

O‘zbekiston Respublikasidagi Britaniya konsulligi bilan hamkorlikda bolalar uchun ingliz tilini o‘rganishga mo‘ljallangan 400 ga yaqin onlayn o‘yinlar joylashtirilgan.

Bundan tashqari, “uTube.uz” milliy videoportalining “Xorijiy tillar” bo‘limidan 400 dan ortiq xorijiy tillarni o‘rgatuvchi videokurslar joy olgan.

Yaqin kunlarda ZiyoNET Resurs Markazi tomonidan yana bir yo‘nalish o‘zlashtirilgan bo‘lib, O‘zbekistonda ilk bora, ta’limiy onlayn radio – uRadio.uz loyihasi ishga tushirildi.

Shuningdek, audiokitoblar, audioertaklar hamda onlayn radioning barcha eshittirishlari va dasturlarini o‘z ichiga oluvchi “Audiokitoblar” bo‘limi ham o‘z faoliyatini boshlagan.

ZiyoNET tarmog‘i yoshlar o‘rtasida aksiya va ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish orqali ularning internetdagi vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga erishish, ularni to‘g‘ri maqsadga yo‘naltirishga ham xizmat qilmoqda. Misol uchun, o‘zbekistonlik yoshlar faol ishtirok etgan “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasida yoshlar tomonidan mamlakat miqyosida 377 ta madaniy, tarixiy va zamonaviy inshootlarning suratlari hamda ular to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.


Manba: daryo.uz


Категория: Новости     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031