Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.12.2015

Toshkentda avtotransport xavfsizligini yanada kuchaytirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 084

O‘zbekistonda avtotransport xavfsizligini, shu jumladan, avtovokzal va avtostansiyalarda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18—20-noyabr kunlari Avtomobil va daryo transporti agentligining barcha viloyat hududiy bo‘limlarida tashuvchi korxonalar, avtovokzal, avtostansiyalar hamda avtobus va taksi saroylari rahbarlari, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda ichki ishlar organlarining mas’ul xodimlari ishtirokida seminar-yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik rasmiy sayti xabar bermoqda.

Foto: “Qashqadaryo.uz”

Ushbu tadbirlarda yo‘nalishlarga chiqarilayotgan transport vositalarining texnik holatiga alohida ahamiyat berish va nosoz transport vositalaridan yo‘lovchi tashishda foydalanmaslik, avtotransport korxonalari va yonilg‘i quyish shoxobchalari hududiga begona shaxslarni kiritmaslik, avtotransport vositasida yoki avtovokzal, avtostansiyalarda shubhali shaxs va yuklar aniqlangan hollarda haydovchi yoki avtovokzal, avtostansiya xodimi tomonidan ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritilib, yig‘ilganlarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Xususan, haydovchilarga avtotransport vositasida shubhali narsa-buyum borligi ma’lum bo‘lgan taqdirda zudlik bilan yo‘lovchilarni salondan tushirib, transport vositasini xavfsiz joyga olish va militsiya organlariga xabar berish lozimligi eslatib o‘tildi, korxonalar rahbarlariga esa maxsus yig‘ilishlar tashkil qilib, haydovchilarga yo‘lovchilar yoki omma orasida qonunga xilof xatti-harakatlar, turli diniy tusdagi da’vatlar, odam savdosi, terrorchilik va qo‘poruvchilik alomatlari kuzatilganda darhol bundan militsiya organlarini ogoh qilish kerakligini tushuntirish, haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi.

O’tkazilgan seminar-yig‘ilishlar doirasida ularning ishtirokchilariga avtotransport va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan qo‘llanma va yo‘riqnomalar tarqatilib, tashuvchilarga har bir haydovchi va xizmatchilarni ushbu materiallar bilan tanishtirish, har bir avtobus, mikroavtobus va yengil avtomobillar saloniga ilova qilinayotgan targ‘ibot chaqiriqlarini joylashtirish vazifasi yuklatildi.


Manba: daryo.uz


Категория: Новости     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн