Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.08.2014

Yulduzlarga oshiq edik biz!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 300

Yarim tunda yorqin samoni
Kuzatardik tanho ikkimiz.
Osmondagi oy va zuxroni
Kuzatardik tanho ikkimiz.
Osmon esa bepoyon, cheksiz...
Yulduzlarga oshiq edik biz!

Erkalatib sochlaring silab
Iliq shamol mayin esardi.
Olislardan bizlarga qarab
Yulduzlar jilmayib turardi.
Yosh boladay beg'am edik biz —
Yulduzlarga oshiq edik biz!

"Sevaman", deb pichirlashardik,
Ikkimiz ham mehr talashib.
Olov bo'lib yonishar edik,
Lablarimiz bo'sa almashib.
Ex, qanchalar baxtli edik biz!
Yulduzlarga oshiq edik biz!

Ko'kda nogoh yulduz uzulsa
Zavqlanardik unga termulib.
Tunda qoshu ko'zlar suzulsa
Qalbda daydi hislar jo'sh urib...
Nigohimiz so'ylardi, so'zsiz —
Yulduzlarga oshiq edik biz!

Quyosh asta boshin ko'tarib
Sevgimizni bizdan qizg'anar.
Ishqimizning sho'xligin ko'rib
Tun uyalib tong ham uyg'onar.
Buncha tez tong otmasa, essiz —
Yulduzlarga oshiq edik biz!..

Manba: Esdalik | Muallif: Shavkat Jo'rabek



Категория: Стихи     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar