Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

G'aflat ichra qoldirma meni. (She'r)

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 121
Boshim ko'kka yetsa ham ki men,
Inshoolloh hokisor yurgum.

Har nafasda, nar bir lahzada,
Parvardigor, Senga talpingum.

Qaram qilsa man-manlik dilni,
G'aflat ichra qoldirma meni.
Xiyonatga toqat yo'q menda,
Qoralayman sovuq otini.

Ey Xudoyim hayot yo'limda,
Ko'rmay deyman uning betini.

Xiyonatkor kessa gar yo'lni,
G'aflat ichra qoldirma meni.
Iymon berding biz bandalarga,
Oqibatni o'ylasinlar deb
Va pok vijdon,til berding bizga,
Faqat haqni so'ylasinlar deb.

Sotilganin ko'rsam iymonni,
G'aflat ichra qoldirma meni.
Ota-ona buyuk zotlardir,
Ular boshda turganlari soz.

Ular uchun qancha xizmat-u-
Qancha ta'zim qilsak hamki oz.

Izlagan chog' ular mehrni,
G'aflat ichra qoldirma meni.
Vatan yerim, Vatan osmonim,
Vatanimsiz insonmanmi men?
Vatan mening tandagi jonim,
Jon-ku axir har nedan shirin.

Ko'z oldimda sotsalar uni,
G'aflat ichra qoldirma meni.
Sen o'zing san voqif nadan,
Mehri cheksiz mehribonimsan.

Ojiz boshim har-bir balodan,
Asraguvchi soyabonimsan.

Noxost shayton buzsa xayolni,
G'aflat ichra qoldirma meni.

Manba: Sheriyat.uz


Категория: Стихи     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar