Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

MENI YoLG‘IZLATIB QO‘YMA MUHABBAT (She'r)

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 74
Hijronda yuragim ezilganida,
Ayriliqning zahmi sezilganida.

Jonimdan jon tomir uzilganida,
Meni yolg‘izlatib qo‘yma muhabbat.
Ketma,yuzing burma,qalbimda in qur,
Qush bo‘lib boshimga soya solib tur.

Erkatoyim bo‘lib yonginamda yur,
Meni yolg‘izlatib qo‘yma muhabbat.
Inon,-bezib ketdim Dunyolaridan,
Ko‘nglim qoldi go‘zal Laylolaridan.

Charchadim turfa xil g‘avg‘olaridan,
Meni yolg‘izlatib qo‘yma muhabbat.
Qara,-yuragimni kuydirmoqda cho‘g‘,
Armonlar yurakka qadab ketdi o‘q.

Meni sendan bo‘lak suyanchig‘im yo‘q,
Meni yolg‘izlatib qo‘yma muhabbat.
O‘tda kuyganimda kuyganim sensan,
Aslo qiz suymadim,suyganim sensan.

Tug‘ilgandan mehr qo‘yganim sensan,
Meni yolg‘izlatib qo‘yma muhabbat.
Zamin ham sen bo‘lding,Osmonim o‘zing,
Yolg‘iz,bittagina armonim o‘zing.

Davosiz dardimga darmonim o‘zing,
Meni yolg‘izlatib qo‘yma muhabbat.
Garchi visol zavqin bermading menga,
Chamaningdan gullar termading menga.

Etagingdan o‘pib yolvoray senga,
Meni yolg‘izlatib qo‘yma muhabbat.
Umr o‘taverar,o‘tar to‘rt fasl,
Kelgan borkim bir kun ketadi bir-bir.

Sen ketsang men qanday yashayman axir?
Meni yolg‘izlatib qo‘yma muhabbat.
Umringni Yaratgan qilsin ziyoda,
Taqdir so‘qmog‘ida qolma piyoda.

Ayriliq,hijronga to‘la Dunyoda,
Meni yolg‘izlatib qo‘yma muhabbat.

Manba: Sheriyat.uz


Категория: Стихи     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar