Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Dunyo odamlari, o‘pkangiz bosing! (She'r)

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 87
Dunyo odamlari, o‘pkangiz bosing!
Dunyo meniki deb solmoqdasiz jar.

Bezdi odamzoddan borliq, tabiat,
Bo‘ldik biz odammas, bir boshli ajdar.
Kuchlilar jang qilib kuchsiz uyida,
Tag‘in xaloskorlik qiladi da’vo.
Nahotki ellarga istaydi kulfat,
O‘zin mehribondek ko‘rsatgan Daho.
To‘lqinlar sohilga etkazgay shikast,
Qo‘shning yig‘isidan g‘ashlanar diling.

Ogoh bo‘l, kulmagin uning holiga,
Undan-da battarroq yig‘lashing mumkin.
Jahon manzarasi – hiylayu nayrang,
Firib malagining sirli surati.

Uning tuzog‘ida ellar, elatlar,
Ko‘mirdek kuymoqda umri, fursati.
Kimlardir oraga soladi nifoq,
Mag‘ribni Mashriqqa gij-gijlaydi kim.

Aylanib tursa gar boshingda uchoq,
Ayt-chi, o‘z uyida tinch uxlaydi kim?
Olamga sig‘magan Odam bolasi,
Hatto tabiatga ko‘rsatar kuchin.

Daryolar toshmoqda, silkinar zamin,
Borliq olov bo‘lib olmoqda o‘chin.
Bir-birimiz qirsak yovsiz, beomon,
Bo‘lsa gar shunchalar xunxoraliklar.

Qarsak chalib shodon kulmasmi ayting,
Holimizga o‘zga sayyoraliklar?
Eslang, Ibtidoda Odam bo‘lib biz,
Ne ezgu tilaklar istab edik biz.

Men – o‘zbek farzandi, sen – ingliz, yapon,
Barchamiz bir inson – Ona Erlikmiz.
Bas shunday, asraylik Ona zaminni,
Barcha yurt yashaylik yoqa-eng bo‘lib.

Irqu millat, hatto e’tiqod qadar,
Bashar ahli inoq hamda teng bo‘lib.
Zamindoshim, senga tilarman umr,
Oqmisan, xabashmi yoki bug‘doy rang.
O‘zbekistonga kel, mehmon bo‘lib tur,
Bahodir Obidman, ismim so‘rasang!

Manba: Sheriyat.uz


Категория: Стихи     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar