Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.12.2015

Shaharni startaplar markaziga aylantirish usuli Tel-Aviv misolida

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 207

Tel-Aviv tezlik bilan eng muvaffaqiyatli startap-ekotizimlardan biriga aylandi, u yaqinda bu yo‘nalishda dunyoda beshinchi, AQShdan tashqarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Nisbatan ancha yosh bo‘lgan ushbu shahar sanoqsiz biznes turlari uchun unumdor yerga aylandi. Tel Aviv Global kompaniyasi direktori Xila Oren o‘ziga xos muhitni yaratish va innovatsiyalarni joriy qilish uchun qanday choralarni qo‘llagani haqida gapirib berdi.

Foto: “StartupFactory.uz”

Axborot bilan bo‘lishing

Axborot — ko‘pchilik yosh startaplar hayoti uchun eng zarur narsadir. Mahalliy hukumat organlari shunchalik katta hajmdagi ma’lumotlarga egaki, ko‘pincha biz ularni o‘zlashtira olmay qolamiz, biroq ularni to‘plashimizga to‘g‘ri keladi. Bu axborotning qiymati baland emas, ammo biz uni dasturchi va tadbirkorlar bilan bo‘lishsak, juda yaxshi startap paydo bo‘lishi mumkin. Dunyoning har qanday shahrida buni amalga oshirish mumkin, kelajakda esa ushbu innovatsion g‘oyalar yordamida shahar muammolarini hal etish mumkin.

Hamkorlikda ishlang va bir-biringizga yordamlashing

Biz shahar moliyaviy ko‘magida tadbirkorlar g‘oyalar va g‘ayrat-shijoat bilan o‘zaro bo‘lisha oladigan uchta kovorkingni ochib, butun shaharda hamkorlik va o‘zaro ko‘maklashuv muhitini yaratishga urinib ko‘rdik. Bu ekotizimga qanday ta’sir qilganini ko‘rdik: akseleratorlar, kovorkinglar va innovatsion markazlar o‘sishi so‘nggi uch yil ichida 138 foizga oshdi.

Ko‘maklashing

Shahar hayotining jo‘shqinligi va boshqa barcha afzalliklariga qaramay, ko‘pincha u bizga qimmatga tushadi. Ijara haqining qimmatligi yoki, hatto, oddiy mashina qo‘yadigan joyning yo‘qligi tadbirkorni to‘xtatib qolishi mumkin. Bu muammoni hal etish uchun, Tel-Aviv do‘kon ochmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar va startaplarga shahar soliqlari uchun imtiyozlar taklif qiladi (masalan, ofislar ijarasi uchun soliqlarni kamaytirish).

Tan oling, Toshkentda ham startap-ekotizimlarni rivojlantirish bo‘yicha bunday ishlarni boshlash mumkin.

Maqolani tayyorlashqa quyidagi manbadan foydalanildi: http://digitalsetter.me/

Loyiha “Daryo” va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

juhu

kxjc


Manba: daryo.uz


Категория: ---     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн